29 sen 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20024_220.jpg)
Makgregor muxlislar bilan uchrashuvini bekor qildi, chiptalar esa 1100 funtdan sotilgandi
“Konor Makgregor bilan yaqindan tanishuv oqshomi” nomini olgan ushbu marosim 30 sentyabr kuni London shahrida o'tkazilishi kerak edi.
Lekin bu uchrashuv aralash qoidalar bo'yicha UFC chempionining tashabbusi bilan bekor qilindi. Hozircha Konorning nima sababdan bunday qarorga kelgani malum emas.
Konor bilan uchrashuv oqshomiga 1100 funt sterlingdan chiptalar sotilgan edi. Ayni paytda chipta olgan muxlislarga pullarining qaytarilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar