13 may 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor o'zini aroqxo'r degan Fergyusonga keskin "otvet" qildi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik Toni Fergyusonga javob qaytardi.
Xabar berganimizdek, Makgregor Toni Fergyusonning piari bilan shug'ullangani, qaysidir manoda amerikalikning shu darajaga chiqishida aynan uning kompaniyasi sababchi bo'lganini aytgandi. Fergyuson esa bunga javoban Konorga ichkilikdan uzoqroq yurishini maslahat bergan edi.
"Ovozingni o'chir ahmoq! Sen undan ko'ra shifokorlarga rahmat ayt. Seni odambashara holatingga qaytarishga urinishyapti. Keyin senga maslahatim boksni yaxshilab o'zlashtirib ol. Klounga o'xshab oktagonga maqsadsiz sakrashni bas qil. Sen kabi jangchining piari bilan shug'ullanishdan or qila boshlayapman", - dedi Makgregor o'zining "Tvitter" sahifasida.
Havola :
Fikrlar