16 iyu 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Rossiyada Xabib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchimi?
Aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregor Rossiyaga borib Xabib Nurmagomedovga qarshi jang o'tkazish variantini ham ko'rib chiqmoqda.
"Albatta, bu variantni ham o'rganyapmiz. Bu tomoshabop jang bo'lardi. "Rokki" uslubida bo'ladi. Bu "Rokki" tarixini eslatmoqda, shunday emasmi? Nima uchun raqib bilan uning yurtida jang qila olmasligim mumkin? Ayniqsa Rossiyadek joyda.
Buni albatta qilishim kerak. Oldimda shuningdek boshqa variantlar ham bor. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday ko'rinish olarkin", - deydi MakGregor.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar