18 may 11:34
Yangiliklar

"Makgregor yarim o'rta vaznda kamarga davogarlik qila oladi"
Bu haqida sobiq UFC chempioni CHeyl Sonnen aytib o'tdi.
"O'ylashimcha, Makgregor yarim o'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun munosib davogar bo'la oladi. Katta ehtimol bilan Kamaru Usman va Xorxe Masvidal tez orada o'zaro to'qnash kelishadi. Keyingi navbat esa aynan Konorga etib keladi. Makgregor Usman - Masvidal jangi g'olibiga qarshi oktagonga chiqadi.
To'g'ri, ko'pchilik fikrimga qarshi chiqishi, men bilan garov bog'lashi mumkin. Navbatda Leon Edvards, Tayron Vudli va Kolbi Kovington borligini ham unutmaslik kerak. Lekin Konor nomlari tilga olingan jangchilardan hech ham qolishmaydi. Makgregor ikki vaznda chempion bo'lgan. Buni ham uddalaydi", — deya Sonnenning so'zlarini keltirmoqda SkySports.
Fikrlar