02 okt 17:39
Yangiliklar
Futbol

Manba: Kannavaro Urugvayga qarshi o'yinda O'zbekiston terma jamoasida debyut qilishi mumkin
2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro O'zbekiston futbol associaciyasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Malumotlarga ko'ra, O'FA Kannavaro bilan kelishuvga erishishga yaqin. Uning shtabida CHichcho Troize yordamchi murabbiy va Eugenio Albarella sport murabbiyi sifatida ishlaydi. Kannavaro 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin.
Avvalroq mashhur insayder Fabricio Romano O'zbekiston futbol associaciyasi Kannavaro bilan bog'langani haqida xabar bergan edi.
Havola :
Manba : x.com/NicoSchira
Fikrlar