06 jan 07:32
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Xabib Nurmagomedovga butsa sovg'a qildi + FOTO
U "Manchester Siti" futbol klubining 22 yoshli hujumchisi franciyalik Rayan SHerki bilan uchrashdi. SHerki "Burgut"ga o'z butsasini sovg'a qilgan va unga dastxatini qo'yib bergan.
Eslatib o'tamiz, Xabib so'nggi jangini 2020 yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo'lib o'tgan UFC 254 turnirida o'tkazgan edi. Uning o'sha paytdagi raqibi engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getji bo'lgandi. Jang rossiyalik sportchining ikkinchi raundda bo'g'ish usulidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Nurmagomedov uchun bu faoliyatidagi 29-g'alaba bo'lgandi. Jangdan so'ng Xabib aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashini malum qilgan edi.
Joriy mavsumda Rayan SHerki "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar