13 dek 18:14
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" - APLdagi eng xavfli jamoa"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoasining ushbu mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdi.
"Hali chempionat turnir jadvaliga qarab hulosa chiqarishga erta. Uch tur oldingi holatimiz bilan hozirgi paytimizni solishtirib bo'lmaydi. Atigi ikki g'alaba bizni yuqori o'rinlarga qaytarmoqda.
O'yindan o'yinga maksimal ravishda ochkolar yig'ishga harakat qilyapmiz. Men jamoaga, murabbiyga, uning shtabiga ishonaman. Ushbu mavsumda biz sovrinlar qo'lga kirita olamiz.
"Manchester Yunayted" - APLdagi eng xavfli jamoa. Yana oldingidek barqarorlikni ko'rsata olsak, barchasi o'z o'rniga tushib ketadi", - dedi Reshford.
Havola :
Manba : manutd.com
Fikrlar