01 mar 14:40
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi
Angliyalik hujumchi Kataloniya jamoasida qoladi.
"Barselona" va Markus Reshford 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.SHartnoma bo'yicha 28 yoshli futbolchi maoshini sezilarli kamayishga rozi bo'lgan. "Barselona" futbolchini qo'lga kiritish uchun 30 million evrolik sotib olish bandini faollashtiradi. Biroq ushbu summani "Barselona" "Manchester Yunayted"ga 10 million evrodan uch yil davomida to'lab beradi.
Markus Reshford joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 34 bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 11 ta assist bor.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar