31 iyu 19:13
Yangiliklar
Futbol
Reshford “Barselona”ga murojaat qildi: “Har lahzadan zavq oldim”
“Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford “Barselona” bilan ommaviy ravishda xayrlashdi.
“Manchester Yunayted” 28 yoshli angliyalik futbolchi o'tgan mavsum ijara huquqi asosida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgandi.
“Bu erdagi vaqtim shunchalik yorqin va unutilmas tajribaga aylangani uchun klubdagi har bir insondan cheksiz minnatdorman. Har lahzadan zavq oldim va ushbu ajoyib xotiralarni bir umrga saqlab qolaman.
Klubga va barcha muxlislarga ushbu mavsumda omad va ulkan zafarlar tilayman.
Olg'a, “Barsa”!”, – deb yozdi Reshford ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
“Barselona” safida o'tkazgan 49 o'yinida Reshford 14 ta gol urib, 14 ta assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Havola :
Fikrlar