So’nggi yangiliklar

18:17UFC собиқ чемпиони Хабиб ва Алекс Перейранинг фаолияти ўртасидаги фарқ ҳақида гапирди 0 17:51Александр Волковнинг кейинги рақиби ким бўлиши мумкин? 0 17:25"Маракана" стадиони сотувга қўйилди 0 17:01Жон Жонс яна Оқ уйдаги турнир борасида Дана Уайтга мурожаат қилди 0 16:38Дэн Хукер: "Гэтжи билан жанг бош оғриғи. Арман Царукян билан жанг эса — чемпионлик учун йўл" 0 16:16Махачев Нью-Йоркдаги тайёргарлик лагери ҳақида: "Бундай қиммат ижара нархларини дунёда кўрмаганман" 0 15:54Винисиус Жуниор учун асосий даъвогар маълум 0 15:28Девин Хейни Райан Гарсияни судга бериш режасидан воз кечди 0 15:05"Менимча Хабиб UFC тарихида учта вазн тоифасида чемпион бўлган илк спортчи бўлиши мумкин эди" - Сехудо 0 14:44Собиқ UFC чемпиони жиддий ЙТҲга учради + ФОТО 0 14:23"Наполи" МЮнинг яна бир футболчисини олмоқчи 0 14:02Диёра Келдиёрова: "Бу катта ғурур!" 0 13:41Камбоджа 2029 йилги ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинларини икки йилга кечиктиради 0 13:20Жасур Алижонов: "Бу ерда ухлатмасангиз, ғалабани олиш қийин, айниқса..." 0 12:59"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи обкелмоқчи 0

31 okt 17:25
Yangiliklar

Futbol

"Marakana" stadioni sotuvga qo'yildi

Teglar :  Marakana
"RMC Sport" xabariga ko'ra, Rio-de-Janeyro rasmiylari "Marakana" futbol stadionini sotuvga qo'yishga qaror qildi.

Rio shtati assambleyasi 62 ta davlat mulkini sotishga ruxsat beruvchi loyihani maqulladi, ular qatoriga muhtasham stadion ham kiradi. SHahar qonun chiqaruvchi organi stadionni tamirlash xarajatlaridan qochish va hozirda 1,89 milliard evroga baholanayotgan mintaqaning qarzining bir qismini to'lash uchun ushbu chorani ko'rdi.

"Marakana" stadioni 1950 yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan va o'sha paytda dunyodagi eng katta stadion edi. Braziliya finalga Urugvayga 1:2 hisobida yutqazgan. Rasmiy malumotlarga ko'ra, 173 850 ta chipta sotilgan, bu futbol tarixida haligacha tomoshabinlar soni bo'yicha rekord bo'lib qolmoqda.

"Marakana" "Flamengo" va "Fluminense" jamoalarining uy stadioni bo'lib, shuningdek, Braziliya terma jamoasi ham vaqti-vaqti bilan u erda o'yinlar o'tkazadi. Ushbu arenada 2014 yilgi Germaniya va Argentina o'rtasidagi Jahon chempionati finali bo'lib o'tgan (qo'shim berilgan daqiqada 1:0).

Keyinchalik, tamirlash ishlari davomida "Marakana"ning sig'imi kamaytirildi. 2025 yilga kelib, stadion 78 000 dan ortiq tomoshabinni sig'dira oladi. U Janubiy Amerikadagi "Acteka" (Meksika, Mexiko shahri) va "Monumental" (Peru, Lima) stadionlaridan keyin eng yirik stadionlardan biri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing