28 apr 09:06
Yangiliklar
Tennis
Margarita Gasparyan Kostyukka yutqazdi
Rossiyalik tennischi, "Toshkent Open" turnirining so'nggi g'olibasi Margarita Gasparyan Madrid turnirining saralashida mag'lubiyatga uchradi.
Gasparyan kvalifikaciyaning birinchi davrasida ukrainalik Marta Kostyukka 4/6, 1/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 98-raketkasi bo'lib turgan 26 yoshli Margarita 1 ta, reytingning 77-pog'onasidan joy olgan 18- yoshli Marta esa 2 ta eys zarbani amalga oshirdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Kostyuk Mutua Madrid Open turnirining asosiy davrasiga chiqish uchun latviyalik Anastasiya Sevastova yoki bolgariyalik Cvetana Pironkovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar