11 jan 18:13
Yangiliklar
Brisben (WTA 500). Sobolenko chempionlik titulini himoya qildi
Dunyoning birinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 26-o'rinni egallab turgan ukrainalik Marta Kostyukni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3. Bu bilan u o'tgan yilgi chempionligini muvafaqiyatli tarzda himoya qildi. Tennischilarning o'zaro beshinchi uchrashuvida ham Arina Martadan ustun keldi.
Etmish to'qqiz daqiqa davom etgan final bahsida Sobolenko 1, Kostyuk 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 3 ga 0 ko'rinishida Kostyuk, breyklar esa 3 ga 1 tafovuti bilan Sobolenko foydasiga hal bo'ldi.
SHu tariqa, Arina Sobolenko faoliyatidagi 22-sovriniga ega chiqdi. Brisbane International turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi hamda 214 530 AQSH dollari miqdorida mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Marta Kostyuk esa bir haftalik mehnatidan 325 ochko va 134 600 $ ishlab oldi.

Fikrlar