08 iyu 15:01
Yangiliklar
Tennis
Mariya Sakkarining Nottingemdagi yurishi boshlandi
Dunyoning beshinchi raketkasi Mariya Sakkari Nottingem turnirining ikkinchi davrasiga yo'l oldi.
Greciyalik tennis malikasi WTA reytingida 61-pog'onadan joy olib turgan kolumbiyalik Mariya Osorioni taslim etdi - 6/2, 6/3. Tennischilar kortda 75 daqiqa harakat qilishgan.
Bu Mariyalarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Sakkari 8 ta, Osario 1 ta eys zarbani amalga oshirgan. Endi Mariya Sakkari ikkinchi davrada kanadalik Rebekka Marinoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar