So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

02 mar 19:21
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Markaziy Osiyo o'yinlarining qayta tiklanishi yuzasidan rasmiy bayonot

Bir necha ommaviy axborot vositalarida 2021 yildan mintaqamiz mamlakatlari o'rtasida Markaziy Osiyo o'yinlarining tiklanishi, unda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va Eron davlatlari ishtirok etishi haqida xabar tarqaldi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi (MOQ) ushbu xabar yuzasidan rasmiy bayonot beradi. Joriy yilning 13 fevral kuni Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida Markaziy Osiyoning yuqorida sanab o'tilgan mamlakatlar Milliy olimpiya qo'mitalari Bosh kotiblari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston MOQdan ham vakil ishtirok etdi. Uchrashuvda 2021 yildan Markaziy Osiyo o'yinlarini qayta tiklash masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur yig'ilish bo'yicha shuni malum qilamizki, haqiqatdan, barcha MOQ vakillari ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashdi va bu borada o'z fikrlarini bildirishdi. O'zbekiston tomoni ham mazkur tashabbusni maqulladi. Biroq Markaziy Osiyo o'yinlari musobaqasida delegaciyamizning rasman ishtirok etish masalasi Hukumatimiz bilan kelishilgan holda hal etiladi. Nur-Sultan shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishda O'zbekiston MOQ vakili bu xaqda yig'ilish tashkilotchilarini xabardor qilgan.

SHunday ekan, O'zbekiston delegaciyasining Markaziy Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi masalasiga oydinlik kiritilgach, Milliy olimpiya qo'mitasi bu xaqda alohida rasmiy bayonot beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing