18 may 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Marko Xuk qoidaga xilof tarzda Givasni nokautga uchratdi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Marko Xuk navbatdagi g'alabasiga erishdi.
Xuk Nik Givasga qarshi kechgan jangni birinchi raundning o'zidayoq yakunladi. Ushbu jang superog'ir vazn toifasida o'tkazildi. Jang boshlanishi hamonoq Marko raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Givas referi sanoqni yakuniga etkazguniga qadar o'rnidan tura oldi. Keyingi vaziyatda bokschilar klinch holatiga kirishdi. Referi «stop» qoidasini berganiga qaramay, Xuk ketma-ket ikkita zarba evaziga Nikni muvozanatdan chiqardi.
Avvaliga Marko Xuk jang g'olibi sifatida topildi. Lekin vaziyat qayta ko'rib chiqilgach, jang o'tkazilmagan, deb topildi.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar