So’nggi yangiliklar

18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0

10 mar 18:09
Yangiliklar

Dzyudo

Marokash Gran-prisi. Xurramov bronza uchun kurashadi

Teglar :  XurramovDzyudo
Bugun Marokash davlatida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etadi.

Musobaqaning so'nggi kunida jami 5ta vazn toifasida bahslar o'tkazilmoqda. Erkaklar o'rtasida -90, -100 hamda +100 kg, ayollar o'rtasida esa -78 hamda +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. 

Bugun tatamiga chiquvchi to'rt nafar dzyudochimizdan faqat birida medalni qo'lga kiritish uchun imkoniyati bor. -100 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Muhammadkarim Xurramov birozdan so'ng o'tish bahsida kanadalik SHedi Alnaxasga qarshi tatamiga chiqadi. G'olib sportchi bronza medali uchun kechadigan uchrashuvda ishtirok etadi. 

Malumot uchun, Xurramov o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshladi. U avvaliga vengriyalik Zalan Oxat, keyin jazoirlik Lays Bouyakubni mag'lub etdi. Yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda esa belgiyalik Toma Nikiforovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.   

Ushbu vazn toifasidagi ikkinchi dzyudochimiz SHerali Jo'raev esa gollandiyalik Simeon Katarinadan ustun keldi. Lekin qozog'istonlik raqibi Aybek Serikbaevga yutqazib, musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi.


O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing