14 iyu 14:11
Yangiliklar
Tennis
Marrey Nyuportdagi turnirning chorak finaliga yo'l oldi
“Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning uch karra chempioni, ikki karra Olimpiada chempioni britaniyalik Endi Marrey Nyuportda (AQSH) o'tkazilayotgan ATR-250 turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
Marrey ikkinchi davra bahsida avstraliyalik Maks Pyorsellni 4/6, 6/2, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 2 soatu 23 daqiqa davom etgan. O'yin davomida Marrey 8 ta eys zarbasini amalga oshirib, besh marta qo'shxatoga yo'l qo'ydi va 7 ta breykdan unumli foydalandi. Pyorsell esa 5 ta eys, bitta qo'shxato va 4 ta breyk qayd etdi.
Musobaqaning yarim final yo'llanmasi uchun Marrey Qozog'iston vakili Aleksandr Bublikka qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Nyuportdagi musobaqaning mukofot jamg'armasi 594 950 dollarni tashkil etadi. Uning amaldagi chempioni Janubiy Afrika Respublikasi vakili, yaqinda faoliyatini yakunlagan Kevin Anderson hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar