09 okt 12:10
Yangiliklar
Tennis

Marrey va Dimitrov Pekinda bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Bugun Xitoy poytaxti Pekin shahrida sovrin jamg'armasi 2 916 550 AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etadi.
Kecha o'tkazilgan yarim final uchrashuvlarida turnirning birinchi raketkasi Endi Marrey ispaniyalik David Ferrerdan 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. Britaniyalik raketka ustasining finaldagi raqibi Grigor Dimitrov bo'ladi.
Bolgariyalik tennischi kurashsiz finalga yo'l oldi. Uning yarim finaldagi raqibi kanadalik Milosh Raonich kortga chiqishdan bosh tortgan. Hozircha buning sababi malum emas.
1/2 FINAL:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – David Ferrer (Ispaniya, 5) – 6:2, 6:3
Milosh Raonich (Kanada, 3) – Grigor Dimitrov (Bolgariya) – Raonich rad.
Havola :
Fikrlar