02 may 10:47
Yangiliklar
Dzyudo

Abdulla Tangriev Pekin-2008 Olimpiadasidan qancha pul ishlab olgani va u uni qaerga sarflaganini aytdi
2008 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi Abdulla Tangriev Olamsport.com muxbiri Sadoqat Rashidova bilan suhbatda musobaqadan keyingi mukofot pullari haqida gapirdi.
— Sportdan olgan eng katta gonoraringiz qancha miqdorda bo'lgan?
"Olimpiadan keyin hukumat 100 ming (AQSH dollari), homiylar yana 100 ming berishgan. SHu eng kattasi. Umumiy olsam, bu pullarni yana sportga sarflaganman, musobaqalarda ishtirok etish uchun. Tadbirkor do'stlarim ko'p, lekin agar tadbirkorlik bilan shug'ullanganimda, Abdulla Tangriev degan sportchi chiqmasdi", deydi Olimpiada sovrindori.
To'liq suhbatni tomosha qilishni tavsiya qilamiz:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar