10 iyu 09:02
Yangiliklar
Bugun Osiyo chempionatida Do'smatov va yana etti bokschimiz 1/2 final chiptasi uchun ringga chiqadi
Bugun qita birinchiligida U23 terma jamoalari bokschi-yigitlari o'rtasida chorak final bahslari o'tkaziladi. Kun davomidan 8 nafar bokschimizning janglari o'rin olgan. Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 10:00 dan boshlanadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Zafarbek Kamilov (Qirg'iz Respublikasi) 11:00
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Yazan Alg'amdi (Saudiya Arabistoni) 12:45
-65 kg: Ilhomjon Ergashev - Mark Ashley (Filippin) 13:15
-70 kg: Abdulloh Madaminov - Moeto Kavamura (Yaponiya) 15:30
-75 kg: Abdulaziz Abdulhamidov - Abdulla Alshehl (Birlashgan Arab Amirliklari) 16:15
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Minseong Kim (Koreya Respublikasi) 16:45
-85 kg: Norbek Abdullaev - Gia Minh Nguen (Vetnam) 17:15
-90 kg: Samir Sobirov - Hemant Sangvan (Hindiston) 17:45


Fikrlar