14 iyu 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Marvin Vettori: Menga Adesanya bilan revansh beringlar!
O'rta vaznda UFC jangchisi Marvin Vettori bugun g'alabaga erishgandi.
Italiyalik sportchi amerikalik Karl Robersonga qarshi jangda chiroyli g'alabani qo'lga kiritdi. Jangdan keyin esa promoushen prezidenti Dena Uaytdan vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi revansh jangi tashkil etib berishlarini so'radi.
"Bugungi jangga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandim. G'alaba mehnatim uchun kelgan sovg'a bo'ldi. Bilmadim, hamma men bilan jang qilishdan qochadi. Hozirgi holatda men bitta jang kerak - chempionlik! Menga Israel Adesanya bilan revansh jangini beringlar!", — dedi Vettori.
Malumot uchun, Marvin Vettori va Israel Adesanya o'rtasidagi ilk jangi 2018 yilda bo'lib o'tgandi. O'shanda Israel raqibini qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar