09 noy 14:41
Yangiliklar
Futbol
"Mashal" 17 yildan keyin Qarshida "Nasaf"dan 3 ochko tortib oldi
Qashqadaryo derbilari doim qiziqarli va murosasiz o'tadi.
Kecha Superliganing 28-turida "Nasaf" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qildi. Uchrashuv yakunida omad muborakliklarga kulib boqdi (2:1). Jamoa 17 yillik tanaffusdan so'ng yana raqibi maydonida 3 ochko qo'lga kiritdi. "Mashal" so'nggi bor 2008 yilgi mavsumda bu vazifani bajargandi (3:2).
"Ajdarlar"ni oldinda 20 noyabr kuni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi to'qnashuv kutayotgan bo'lsa, ikki kun o'tib "Mashal" "Navbahor"ni mehmon qiladi.

Havola :
Fikrlar