25 avg 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Masvidal UFC'ga qaytishi va Edvards bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi
UFC tituli uchun ikki marta davo qilgan amerikalik Xorxe Masvidal tashkilot bilan oktagonga qaytish borasida muzokaralar olib borayotganini malum qildi.
SHuningdek, u britaniyalik Leon Edvardsni ehtimoliy raqib sifatida tilga oldi.
«Biz UFC bilan bu yil oxiri yoki kelasi yil boshida qaytish masalasida muzokara olib boryapmiz. SHartnomadagi summa tobora yaxshilanib bormoqda, shuning uchun yaqin orada katta yangiliklar bo'lishi mumkin. Agar menga munosib raqib va munosib gonorar taklif qilishsa, “T-Mobile Arena”dagi qaytishimni ko'rasiz. Leon Edvards? U, albatta, men jang qilishni va o'rtamizdagi tarixga nuqta qo'yishni istaydigan raqiblardan biri», deya Masvidalning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar