11 iyu 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Masvidal - Usman jangi g'olibi Byornsga qarshi oktagonga chiqadi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda o'tkaziladigan Kamaru Usman - Xorxe Masvidal jangi g'olibi kimga qarshi oktagonga ko'tarilishi malum qilindi.
UFC prezidenti Dena Uaytning aytishicha, ushbu juftlik g'olibi keyingi jangini yarim o'rta vazn toifasi reytingi peshqadami Gilbert Byornsdan kamarini himoya qiladi.
"Gilbert Byorns Kamaru Usman — Xorxe Masvidal jangi g'olibi bilan to'qnash keladi. Gilbert reytingda birinchi o'rinni egallab turibdi, demak aynan u chempionlik kamariga birinchi davogar bo'ladi. Bu yigit g'alabaga chanqoq. Uning maqsadi bitta - chempion bo'lish!", — dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, aslida Kamaru Usman ertangi jangida aynan Byornsga qarshi oktagonga ko'tirilishi lozim edi. Ammo, jangga bir hafta qolganida Gilbertda koronavirus aniqlandi. UFC esa bu vaziyatda Usmanga raqib sifatila Xorxe Masvidalni topdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar