03 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

"Masvidalni to'g'ri morgga jo'nataman"
UFC jangchisi Kolbi Kovington tashkilotdan ketish istagida bo'lgan Xorxe Masvidalga qarshi oktagonga chiqish niyati borligini malum qildi.
U ushbu jangni tashkil qilib berishi uchun UFC prezidenti Dena Uaytga ham murojaat qilgan.
"Bilaman, Dena hozir Masvidal bilan kelisha olmayapti va o'rtasida muammolari bor. Dena, kimga qo'ng'iroq qilishni bilasan. Men uning hayotiga nuqta qo'yib, to'g'ri morgga jo'nataman. U boshqa jang qila olmaydi. Uning muammosi pul emas, qo'rquv", — deb yozgan Kovington.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar