08 iyu 10:15
Yangiliklar

Masvidalning murabbiyi Abu-Dabiga uchmadi, jang o'tkaziladi!
Xabarda aytilishicha, Braunning BAAga uchish oldidan topshirgan test tahlili ijobiy natija bergan. Xorxe esa bu vaziyatda murabbiyisiz safarga jo'nab ketgan. CHempion Kamaru Usmanga qarshi jangda Masvidalning burchagida murabbiyi bo'lmaydi. Lekin jangning o'zi aniq o'tkaziladi.
"Afsuski, shunday bo'lib qoldi. Men o'z ko'zim bilan Xorxening g'alabasini ko'ra olmayman. Koronavirusga kelsak, men o'zimni yaxshi xis qilyapman", — dedi Braun.
Bu xabarni Xorxening menejeri Malki Kava ham tasdiqladi: "Xorxe Abu-Dabiga murabbiyi Mayk Braunsiz otlanmoqda", — deb Instagram sahifasida xabar qoldirgan Kava.
Xorxe shaxsiy samolyotda Abu-Dabiga jo'nab ketgan va yo'l-yo'lakay Rimda to'xtagan. "Picca eyish uchun ishtaxa paydo bo'lib qoldi. SHu bois, Rim aeroportiga bir zum qo'nib o'tishga to'g'ri keldi", — deya Instagramga surat va uning ostida izoh qoldirgan Masvidal.
Fikrlar
Bularga samaliyot mashina ayraport astanovka bòp qoptiyu quyushqondan chiqish bunchalik emasda e