03 may 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA

May oyidagi to'rtinchi UFC turnirining markaziy jangi malum
23 may kuni ushbu oydagi hisob bo'yicha to'rtinchi UFC turniri o'tkaziladi.
UFC prezidenti Dana Uayt ESPN telekanaliga bergan intervyusida ushbu oqshomning markaziy jangini elon qildi.
"Turnirning markaziy jangi Teylor Vudli ishtirokida bo'lib o'tadi. Uning raqibi Gilbert Byorns bo'ladi. Tez orada 23 may kuniga belgilangan turnirning barcha janglari juftliklarini elon qilamiz", - dedi UFC prezidenti.
Eslatib o'tamiz, UFC 9, 13 va 16 may kunlari ham uchta turnir o'tkazadi. To'rttala UFC kechasi ham AQSHning Jeksonvill shahrida bo'lib o'tadi. Aslida Vudli - Berns jangi 21 mart kuni London shahrida o'tkazilishi kerak edi.
Havola :
Fikrlar