30 apr 15:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Fyuriga qarshi qanday harakat qilish lozimligini aytdi
Boks afsonalaridan biri Mayk Tayson WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuriga qarshi qanday harakat qilish kerakligi haqida gapirdi.
"Fyuridek gavdaga ega bo'lgan bokschiga qarshi agressiv tarzda, bosh bilan va tutqich bermay harakat qilish lozim. Sen bunday yirik raqibga qarshi jang qilayotganingda osonlik bilan nishonga aylanasan.
Hujum qilish, burchaklardan foydalanish va raqib uchun qulay masofadan qochishga harakat qilish kerak.
Ko'pchilik tushunmaydi, gavda va uslub ringda eng asosiysi emas. Jangovar rux bokschini g'alaba sari etaklaydi. Barqarorlik, g'alabaga bo'lgan iroda orqali chempionlikka erishiladi", - dedi Mayk Tayson.
Havola :
Manba : Ring Magazine
Fikrlar