21 may 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA
"Mayk Taysonning ringga qaytishini istamayman"
Taniqli promouter Eddi Xirn afsonaviy Mayk Taysonning ringga qaytishi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.
"Men bilan ushbu holatni hech kim muhokama qilgani yo'q. Bilaman, Mayk sparringlar, ko'rgazmali janglar borasida muzokaralar olib bormoqda. Boksni deyarli kuzatmaydigan do'stlarim aytishmoqda: "Tayson yana qaytmoqchi. Biz uning janglarini ko'rgan bo'lardik". Jahon boksi odamlari esa bu tarixdagi eng yomon jang oqshomi bo'lishini takidlashmoqda.
To'g'risi, men ham shunday deb o'ylayman. Mayk 53 yoshda. Uning qaytishini istamayman. Lekin, odamlar buni tomosha qilishadi. Fanatlar bunday jang uchun pul to'lashadi. SHuning uchun, aynan kimlardir bu jangni tashkil etib beradi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar