27 may 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl Xanter: Endigi nishon - Joshua yoki Uayt!
Superog'ir vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohib bo'lib turgan Maykl Xanter rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Xanter kecha tongda sobiq MMA jangchisi braziliyalik Fabio Maldonadoga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
"Fabioga qaraganda oyoqda yaxshiroq harakat qildim. G'alabamning asosiy omili ham shu bo'ldi. Endi katta xursandchilik bilan Entoni Joshuaga qarshi istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Bu jangni tashkil qilish qiyin kechmaydi.
Boisi, men ham, Joshua ham DAZN va Matchroom bilan hamkorlik qilamiz. Entoni pulga juda ham o'ch, katta gonorar taklif qilinsa, darhol rozi bo'ladi. Agar Joshua bilan jangim amalga oshmasa, u holda keyingi jangimni Dillian Uaytga qarshi o'tkazaman", - dedi 30 yoshli Xanter.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar