06 jan 12:11
Yangiliklar
Mbappe - 2025 yilning eng yaxshi penaltichisi!
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yilning eng yaxshi penalti ijrochisi deb topildi. Bu haqda Transfermarkt xabar bermoqda.
Franciyalik futbolchi yil davomida barcha musobaqalarda, jumladan, milliy terma jamoa safida ham, penaltidan 16 ta gol urdi. Bu — Evropaning 10 ta ligasidagi futbolchilar orasida eng yuqori ko'rsatkich.
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Mbappedan atigi ikki aniq zarbaga ortda qoldi — uning hisobida 14 ta gol bor. "Benfika" forvardi Vangelis Pavlidis 13 ta gol bilan uchinchi o'rinni egalladi.
"Real Sosedad" vingeri Mikel Oyarsabal "nuqta"dan 11 ta zarbani aniq ijro etdi. "Arsenal" hujumchisi Viktor Gyokeresh va "Portu" forvardi Samu Agexova esa 10 tadan penaltini golga aylantirgan.

Fikrlar