21 mar 07:30
Yangiliklar
Futbol
Mbappe "Atletiko"ga qarshi o'ynashga tayyor
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe jarohatdan to'liq tiklangani haqida ispan OAV xabar bermoqda.
"Diario Sport" malumotlariga qaraganda, hujumchi tiklanish jarayonidan so'ng 100 foiz tayyor holatga kelgan.
U "Atletiko"ga qarshi o'yinga tayyor va boshlang'ich tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Franciyalik futbolchi fevral oyidan buyon jarohat sabab o'yinlarda ishtirok etmayotgandi.
Xabar qilinishicha, avvalroq jarohat olgan Jud Bellingem ham "Atletiko" bilan o'yinga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
"Real" Ispaniya La Ligasida 66 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Atletiko" esa 57 ochko bilan uchinchi pog'onaga joylashgan.
Eslatib o'tamiz, bellashuv 22 martdan 23 martga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar