30 jan 14:43
Yangiliklar
Futbol
Mbappe ECHLdagi omadsizlikdan keyin "Real"ni tanqid qildi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe CHempionlar Ligasining 8-turida "Benfika"ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoa o'yinini tanqid qildi.
"Qaymoqranglar" 2:4 hisobida mag'lub bo'lib, turnirning 1/8 finaliga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
"Bizga barqarorlik etishmayapti, buni tuzatish kerak. Har ikkinchi o'yinda yaxshi o'ynash kerak emas, chempion jamoalar bunday o'ynamaydi. Umumiy bosqichni qaysi o'rinda yakunlagan bo'lsak, shu o'ringa loyiq edik", – dedi futbolchi.
CHempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra "Real" 9-o'rinni egalladi. "Qirollik klubi" 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri chiqishi uchun bor-yo'g'i 1 ochko etmadi. Endi jamoa o'tish o'yinlarida ishtirok etishga majbur.

Havola :
Fikrlar