02 noy 15:51
Yangiliklar
Futbol
Mbappe La Ligada ketma-ket 8 ta o'yinda gol urdi. "Real"da buni faqat Ronaldu va Pushkash uddalagan
Kilian Mbappe Krishtianu Ronalduning yutug'ini takrorladi.
Kilian Mbappe "Real" tarixida ketma-ket sakkizta La Liga o'yinida gol urgan uchinchi futbolchi bo'ldi.
Forvard "Valensiya"ga qarshi o'yinning 19-daqiqasida penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan bo'lsa, 31-daqiqada yana bir bor gol urdi.
Bungacha francuz "Barselona", "Xetafe", "Vilyarreal", "Atletiko", "Levante", "Espanol" va "Sosedad" klublariga gol urgan. "Malorka" darvozasi ishg'ol etilmadi, bungacha "Ovedo" va "Osasuna"ga gol urgandi.
SHu paytgacha "Real" safida La Ligada ketma-ket sakkizta o'yinda gol urishga faqat Krishtianu Ronaldu (10) va Ferens Pushkash (8) muvaffaq bo'lgandi.

Havola :
Fikrlar