19 avg 07:48
Yangiliklar
Tennis
Medvedev Cincinnati “Masters” chempioni bo'ldi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Daniil Medvedev AQSHning Cincinnati shahrida yakunlangan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnir g'olibiga aylandi.
Rossiyalik tennischi Western & Southern Open turnirining final uchrashuvida belgiyalik David Goffinga qarshi kortga chiqdi va reytingda 19-pog'onadan joy olgan raqibini 7/6(3), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Medvedev mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Cincinnatidagi muvaffaqiyatli ishtirok Daniilga 1 million 114 225 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Goffin esa 564 005 dollar hamda 600 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Medvedev bugun elon qilinadigan yangi reytingda beshinchi o'ringa ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar