23 sen 09:28
Yangiliklar
Tennis
Medvedev Metcda 284-raketkaga yutqazib qo'ydi
Franciyaning Metc shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Daniil Medvedev kutilmaganda ikkinchi davra uchrashuvida yutqazib qo'ydi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 284-pog'onadan joy olgan shveycariyalik Sten Vavrinkaga 4/6, 7/6(7), 3/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 9, Vavrinka 2 ta eys zarbani amalga oshirgan. Daniilning 12 ta qo'shxatosi unga qimmatga tushdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2.
Endi Sten Vavrinka Metc turniri 1/4 finalida shveciyalik Mikael Imerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar