29 sen 08:46
Yangiliklar
Tennis
Medvedev Pekin turnirining 1/4 finaliga yo'l oldi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning beshinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning chorak final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi ikkinchi davrada ATP reytingida 44-o'rinni egallab turgan franciyalik Adrian Mannarinoni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 6/2.
Francuz tennischisi Daniil uchun noqulay raqib hisoblanadi. Tennischilarning o'zaro sakkizinchi uchrashuvidan so'ng hisob durang - 4:4! 101 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 8, Mannarino 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Daniil birinchi setning tay-breykida setboldan chiqib ketganini ham etirof etish kerak. Endi u 1/4 finalda italiyalik Flavio Kobolliga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar