05 sen 10:45
Yangiliklar
Tennis
Medvedev US Open chempionligini himoya qila olmadi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi hafta bahslari boshlandi.
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi, musobaqaning amaldagi g'olibi Daniil Medvedev nimchorak final uchrashuvida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik tennischi ATP reytingida 25-pog'onadan joy olgan avstraliyalik Nik Kirgiosga 6/7(11), 6/3, 3/6, 2/6 hisobida yutqazdi.
Nik Medvedevga noqulay raqib ekanini yana bir bor isbotladi. U o'zaro uchrashuvlarda 4:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ikki soatu 56 daqiqa davom etgan bahsda Daniil 22 ta, Nik esa 21 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi US Open turnirida yangi chempion bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar