24 may 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: "Meyvezer revanshdan qo'rqmoqda"
Yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Menni Pakyao yana bir bor mag'lubiyat nimaligini bilmagan amerikalik Floyd Meyvezer bilan jang qilish istagini bildirdi.
Bu bokschilarning ilk jangida Meyvezer ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. Senator Pakyao Floydni revansh jangidan qo'rqayotganlikda aybladi.
“Men uchun Floyd bilan ikkinchi jangimizning o'tkazilishi muhim. Muxlislar haligacha o'sha jangda kim g'alaba qozongandi, degan savolga javob topa olishmayapti. SHaxsan men jangda g'alaba qozongandim, deb hisoblayman. Hakamlar nohaq qaror chiqarishgandi.
Barcha shubha-gumonlarni chetga surib tashlash uchun revansh jangi o'tkazilishi shart. Nega Floyd revanshga rozi bo'lmayapti? Menimcha, u yutqazib qo'yishdan qo'rqyapti. O'ylaymanki, bir kun kelib Meyvezer bu jangga rozilik berishda o'zida kuch topa oladi”, - dedi Pakyao.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar