24 avg 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili MMA tarixidagi eng buyuk jangchini aytdi
UFC sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili aralash yakkakurashlar (MMA) tarixidagi eng buyuk jangchi kimligini malum qildi.
"Fikrimcha, Islam Maxachev eng buyuklardan biri, ammo men uchun eng buyugi — Jon Jons! U eng ko'p chempionlik himoyasiga ega va ko'p marta chempionlik janglarida ishtirok etgan. Islam — ajoyib jangchi, lekin eng buyugi emas! Bu borada mening tanlovim — Jon Jons!, — dedi Dvalishvili "Helen Yee Sports" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 38 yoshli Jon Jons UFC`da 2008 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritgan. U yarim og'ir (93 kg gacha) va og'ir (120 kg gacha) vazn toifalarida chempion bo'lgan. Uning hisobida jami 15 ta chempionlik janglarida qo'lga kiritilgan g'alaba bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar