15 iyu 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Merab Dvalishvili UFC rekordini yangiladi
Gruziyalik UFC jangchisi engil vazn toifasida teykdaunlar soni bo'yicha rekord sohibiga aylandi.
Etiborlisi, bu vaznda avvalgi rekord ham Merabga tegishli edi. Dvalishvili UFC on ESPN 10 turniri doirasida Gustavo Lopesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang davomida gruziyalik sportchi 13 ta teykdaunni amalga oshirdi. Merab bundan oldin 12 ta teykdaun bilan rekord o'rnatgan edi. Dvalishvili hisobidagi barcha teykdaunlar soni 52 taga etdi va bu ham vazn rekordi hisoblanadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar