20 fev 12:20
Yangiliklar
Tennis
Mertens va Sobolenko Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida g'olib bo'lishdi
Belgiyalik Eliza Mertens va belaruslik Arina Sobolenko Australian Open juftlik bahslari finalida chexiyalik tandem Barbora Kreichikova va Katejina Sinyakovani 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etishdi.
1 soat 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mertens va Sobolenko beshta eysni amalga oshirdi. To'p uzatishda umuman xato qilishmadi va to'rtta breyk-ochkoga ega bo'lishdi. Ularning raqiblari bir marotaba eys, sakkiz marta qo'shxatoga yo'l qo'yishdi va bitta breykni qayd etishdi.
Melburnda g'alaba qozongani uchun Mertens va Sobolenko 600 ming Avstraliya dollar olishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar