01 jan 09:58
Yangiliklar
Messi "Amerika qiroli" mukofotini qo'lga kirita olmadi. Uni "Flamengo" yarim himoyachisi ortda qoldirdi
"Flamengo" klubi va Urugvay milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjian de Arraskaeta Urugvayning "El País" gazetasi tomonidan "Amerika qiroli" mukofotiga loyiq topildi.
Mazkur nufuzli mukofot Amerika ligalarida yil davomida eng yaxshi natija ko'rsatgan futbolchiga beriladi. Ovoz berishda 16 mamlakatdan 264 nafar jurnalist ishtirok etdi.
De Arraskaeta so'rovnoma natijalariga ko'ra 62,8 foiz ovoz bilan birinchi o'rinni egalladi. U "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messini (14,8%) va "Rasing Avelyaned" forvardi Adrian Martinesni (5%) ortda qoldirdi.
De Arraskaeta "Flamengo" safida joriy mavsumda to'rtta unvonni qo'lga kiritdi - Braziliya chempionati, Libertadores kubogi, Braziliya Superkubogi va Rio-de-Janeyro shtati chempionati. Urugvaylik yarimhimoyachi Libertadores kubogining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi, shuningdek, Braziliya chempionatida jamoaning eng yaxshi to'p uruvchisi va gol uzatuvchisi bo'ldi.
Takidlash joizki, Messi bu mukofotni hali biror marta ham olmagan. 2024 yilda uni hozirda "Zenit"da o'ynayotgan Luis Enrike Andre qo'lga kiritgan edi - o'sha paytda u "Botafogo"da to'p surardi.

Fikrlar