So’nggi yangiliklar

10:36Наоя Иноуэ ва Алан Дэвид Пикассо жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 10:15Мағлубиятсиз боксчимиз жаҳон чемпионати совриндорлари билан бир оқшомда рингга кўтарилади 0 09:54Велопойгачи Францияда йилнинг энг яхши спортчиси деб топилди 0 09:33"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди 0 09:12The Ring VI шоуси иштирокчиларининг тўлиқ таркиби: Теофимо Лопеc - Шакур Стивенсон 0 08:51Богдан Гусков 2026 йил режалари билан ўртоқлашди 0 21:17Навбаҳор Ҳамидова проф боксда ғалабали дебют қилди 0 17:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда 0 17:17Менежер: "Усик истаган вақтида ва истаган рақибга қарши жанг қилади" 0 16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0

19 jan 13:16
Yangiliklar

Futbol

Messi gol urgan bahsda "Inter Mayami" "Amerika"dan ustun keldi

Sardor Lionel Messi va yangi bosh murabbiy Xaver Maskerano boshchiligidagi "Inter Mayami" Nevada shtati Las-Vegas shahrida Meksikaning "Amerika" jamoasiga qarshi mavsumoldi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

O'yin "Alligant" stadionida bo'lib o'tdi. Bu bahs Maskerano uchun shaxsiy sabablarga ko'ra jamoani tark etgan Xerardo "Tata" Martino ketganidan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi.

Lionel Messi penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba rasmiylashtirilgan dastlabki mavsumoldi o'yinda gol urdi. Argentinalik maestro tanaffusga oz vaqt qolganda hisobni tenglashtirdi – u 34-daqiqada Luis Suaresning aniq uzatmasini boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bungacha "Amerika" azosi Enri Martin uchrashuvdagi birinchi to'pni kiritib ulgurgandi.

Tanaffusdan ko'p o'tmay, "Amerika" yana ustunlikni qo'lga oldi va 52-daqiqada Israel Reyes katta sahnaga chiqib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi. 

Yaqinda "Mayami" murabbiyligini qo'lga olgan bosh murabbiy Xaver Maskerano 66-daqiqada Messini almashtirdi va yana bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Mayamiliklar endi g'alaba qo'ldan ketdi deb turgan payt – 90+2-daqiqada Tomas Aviles burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burib yubordi va muvozanatni tikladi.

SHu tariqa dramatik o'yin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va "Mayami" 3:2 hisobida g'alaba qozonib, mavsumoldi kampaniyasini g'alaba bilan boshladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing