23 sen 16:49
Yangiliklar
Messi PSJga 700 mln evro foyda keltirgan
Lionel Messining transferi tijoriy kelishuvlar tufayli qo'shimcha 700 mln evro daromad keltirdi. Messi bir yil avval “Barselona”dan erkin agent sifatida Parij klubiga 2 yillik shartnoma asosida kelib qo'shilgan edi. Uning klubdagi shartnomasiga ko'ra, futbolchi PSJdagi birinchi yil uchun 30 mln evro, ikkinchi yil uchun esa 40 mln evro ishlab topadi.
Franciya klubi Messi kelganidan so'ng Dior, Gorillas, Crypto.com, PlayBetR, GOAT, Smart Good Thins, Volt, Big Cola, Sports Water va Autohero kabi bir qator brendlar bilan tuzilgan foydali bitimlar tufayli daromadini 13 foizga orttirdi.
“Barselona” argentinalik futbolchini qo'yib yuborish orqali 137 mln evrolik daromadidan ayrildi. Qayd etilishicha, birgina “Messi 10” formasi savdosidan tushadigan daromad yillik 200 mln dan ortiqni tashkil qilgan.
PSJ Leoni jalb qilganidan keyin bir milliondan ortiq forma sotgan va ularning 60 foiziga “Messi 30” yozuvi tushirilgan. Ular o'tgan yili 90 evrodan 160 evrogacha bo'lgan narxda pullangan.
Fikrlar