14 noy 16:03
Yangiliklar
Futbol
Messi sharafiga "Kamp Nou"da uning haykali o'rnatiladi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi yangilangan "Kamp Nou" stadionida Lionel Messining haykalini o'rnatish niyati borligini malum qildi.
"Messi har doim "Barselona"ning oila azosi bo'lib qoladi; u bizning eshiklarimiz uning uchun ochiqligini biladi. Biz uni hurmat qilamiz, u "Barselona"da eng yuqori etirofga loyiq.
"Kamp Nou"da uning sharafiga haykal o'rnatilishi kerak. U klubimizda o'z izini qoldirgan afsonaviy futbolchilardan biri.
Buni yig'ilishda muhokama qildik va shuning ustida ishlayapmiz. Biz uning oilasidan rozilik olishimiz kerak. Bu barcha "Barsa" muxlislariga yoqadi", - dedi Kataloniya klubi prezidenti.

Havola :
Fikrlar