30 may 15:54
Yangiliklar
Tennis
Messi va Ronalduni ortda qoldirgan Federer dunyoning eng ko'p haq oluvchi sportchisi bo'ldi
SHveycariyalik tennis afsonasi Rojer Federer Forbes tomonidan tuzib chiqilgan reytingda dunyoning eng ko'p haq oluvchi sportchisiga aylandi.
Federerning 2019 yilning 1 iyunidan 2020 yilning 1 iyuniga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida ishlab topgan puli 106,3 million dollarni tashkil qilmoqda. Umumiy summadan 6,3 millioni turnirlardagi ishtirok va mukofot pullari, qolgan 100 million dollar esa homiylik shartnomalari ulushiga to'g'ri keladi.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni zamonamizning mashhur futbolchilari - Krishtianu Ronaldu (105 million dollar) va Lionel Messi (104 million dollar) band etishdi. Ushbu ro'yxatni tarixda ilk bor tennischi boshqarib turishi ilk bor sodir bo'ldi. Federerdan tashqari Top-100 ro'yxatidan tennischilardan Novak Jokovich, Rafael Nadal, Naomi Osaka, Serena Uilyams va Kei Nishikori joy olgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar