10 avg 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer: "2015 yilda ketishga qaror qilgandim. Lekin rad etib bo'lmaydigan taklif chiqdi"
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Konor MakGregorga qarshi jang faoliyatidagi eng oxirgisi ekanligi haqida aytib o'tdi.
"Birinchi martasida men shunchaki tanaffus qilgandim. Men o'shanda dam olishim kerak edi.
Ikkinchi marotaba esa 2015 yilda faoliyatimni yakunlash haqida elon qilgandim. Ana o'shanda qarorim qatiy edi. Qaytish niyatim yo'q edi. Lekin, menga rad etib bo'lmaydigan taklif bilan chiqishdi (MakGregorga qarshi jang nazarda tutilmoqda).
Boshqa bunday taklif bo'ladi deb o'ylamayman. Xatto Alvares yoki Golovkinlarning takliflari ham meni o'ziga qaratolmaydi", - deydi Meyvezer.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar