25 noy 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer 2020 yilda ikkita jang o'tkazmoqchi: ehtimoliy raqiblardan birining nomi malum qilindi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 2020 yilda ikkita jang o'tkazishi mumkin.
Malum bo'lishicha, ulardan biri UFC jangchisiga qarshi ham bo'lishi mumkin. U boks qoidalari asosidagi jangini katta ehtimol bilan filippinlik Menni Pakyaoga qarshi o'tkazadi. Ular 2015 yilda o'zaro to'qnash kelishgan va jangda Floyd ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Ikkinchi jang qaysi sportchiga qarshi bo'lishi haqida hozircha aniq malumot yo'q. Avvalroq, u Xabib Nurmagomedovga qarshi bahs olib borishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar