11 avg 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer: "Agar jang 12 raundga cho'zilsa MakGregor g'alaba qozonadi"
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning fikricha, agar Konor MakGregor jangda 12 raund turib bera olsa, bu o'zi uchun mag'lubiyatga teng bo'ladi.
"Jang to'liq bo'lmaydi. To'qnashuvni muddatidan oldin tugatmoqchiman. U jangda hakamlar ochkolarini hisoblashga hojat qolmaydi deb hisoblamoqda. Men ham shu gapni aytaman. Lekin, agar jang oxirigacha bo'lsa u g'alaba qozonadi. Ammo, men bunday scenariy kutmayapman. U ko'p joyda jang 4 raund ichida tugashini aytib kelmoqda. Balki u haqdir", - deydi Floyd Meyvezer.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar